

Francuz klubi endilikda bor e'tiborini "Sevilya" darvozaboni Serxio Rikoga qaratgan.
Andalusiyaliklar 25 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga qarshi emaslar, ammo klub avvalo uning o'rniga boshqa darvozabon topishi lozim.
"Sevilya" o'tgan mavsum Rikoni Angliyaning "Fulxem" klubiga ijaraga berib yuborgan edi.
Eslatib o'tamiz, posbon Ispaniya terma jamoasida atigi 1ta o'yinda maydonga tushgan.



