PSJ "Milan" o'yinchisi Ernandesni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
28 may 2021, 07:52
"Milan" himoyachisi Teo Ernandes yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

Futbolchiga PSJ qiziqish bildirmoqda va u bo'yicha rasmiy taklif ham berdi. Qayd etish kerakki, "Milan" hali Ernandesning kelajagi bo'yicha yakuniy qarorga kelmadi.

23 yoshli francuz joriy mavsum "Milan" libosida A Seriya doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 6ta assist qayd etdi.

Ernandesning Italiya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/cfbayern