PSJ mavsum oxirida Pochettinoga MYUga ketishiga ruxsat berishi mumkin

Aslanov Jasurbek
28 noya 2021, 00:55
Murabbiy hali ham MYU uchun asosiy nomzodlardan biri.

PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino mavsum oxirida "Manchester Yunayted" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Bu haqida Goal.com nashri xabar bermoqda.

Hafta boshida MYU va PSJ o'zaro bilvosita aloqa qilgan. Parijliklar murabbiyni hozir qo'yib yubora olmasliklarini ma'lum qilishgan. Ammo, PSJ manchesterliklar bilan mavsum oxirida murabbiyga ruxsat berish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda. 

Shuni alohida takidlash joizki, Pochettino hozirda MYUning murabbiylik uchun asosiy nomzodlaridan biri. 

"Manchester Yunayted" klubi tez orada vaqtinchalik murabbiy sifatida Ralf Rangnikni tayinlashi haqida xabarlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com