

Parijliklar sport direktori Leonardo 40 million evro atrofidagi rasmiy taklif tayyorlamoqda. Shu bilan birga, "Everton" hujumchining sotuvidan 45-50 mln ishlab olmoqchi.
Kinning o'ziga PSJ bilan 5 yillik shartnoma imzolash taklif etiladi. O'yinchi Fransiya poytaxtida qolishni xohlaydi.
Italiyalik futbolchi o'tgan mavsum Liga 1 doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urishga erishdi.



