PSJ futbolchisi "Arsenal"ga o'tadigan bo'ldi

Alisher
18 yanv 2020, 13:20
"Arsenal" PSJ himoyachisi Leven Kurzava bilan kelishuvga erishdi.

Klub va futbolchi 5 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishdi. Kurzava "to'pchilar" tarkibiga kelasi mavsumda kelib qo'shiladi..

Bu paytda uning Parij klubi bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etadi.

Kurzava PSJga "Monako"dan 2015 yilda o'tgan edi. Parijliklar o'shanda futbolchi uchun 25 million evro sarflashgan.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 20ta o'yinda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: francefootball.fr