PSJ futbolchilari maoshining kamayishiga rozi bo'lishmayapti

Mirjalol Normatov
29 apr 2020, 23:43
PSJ futbolchilari hali ham shartnomada ko'rsatilgan maoshni olishni istashmoqda.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, rahbariyat va futbolchilar o'rtasidagi suhbatlarda hali ham ijobiy javob olinmagan. Hozirda Tyago Silva va Markinos futbolchilarning vakili sifatida rahbariyat bilan muzokaralar olib bormoqda.

Oldinroq PSJ prezidenti Nosir al-Helayfi futbolchilari maoshining kamayishiga umid bildirayotganini aytib o'tgandi.

Klubdagilar pandemiya vaqtida futbolchilar rahbariyatga ko'proq yonbosishini kutgandi.

Hisob kitoblarga ko'ra, PSJ karantin vaqtida futbolchilarga 240 mln evro maosh to'lashi kerak bo'ladi.

Fransiya chempionati koronavirus sababli muddatidan oldin yakunlandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo