PSJ Dani Alvesga 25 mln. funt to'laydi

Aslanov Jasurbek
12 iyul 2017, 18:45
Himoyachi Dani Alves va PSJ o'rtasida amalga oshishi mumkin bo'lgan kelishuv ma'lumotlari oydinlashdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, PSJ katta maosh tufayli 34 yoshli braziliyalik uchun kurashda "Manchester Siti"ni mag'lub etdi.

PSJ 2 yil uchun Dani Alvesga 25 mln. funt to'lashga tayyor.

"Manchester Siti" ikki baravar kam maosh taklif qilgan edi - yiliga 6 mln. funt.

Oldinroq Dani Alves shartnoma imzolash uchun Parijga yetib borgani e'lon qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports