PSJ "Chelsi" himoyachisi Ryudigerga da'vogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
9 sen 2021, 20:22
Parij klubi "Chelsi" markaziy himoyachisi Antonio Ryudigerga qiziqmoqda.

Manbaga ko'ra, parijliklar futbolchi va "ko'klar" o'rtasidagi muzokaralar bilan bog'liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishmoqda.

28 yoshli germaniyalikning "Chelsi" bilan shartnomasi 2022 yilning iyunida yakuniga etadi. Shu bois uni keyingi yozda bepul qo'lga kiritish mumkin.

Ryudigerning transfer qiymati 28 million evroga baholangan. U 2017 yildan buyon "Chelsi"da o'ynamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Le10Sport