

Monegasklar tarkibida Aleksandr Golovin hamda Vissam Ben-Yedder ikki bora gol urishdi. Shu orqali parijliklar 2022 yil martidan buyon birinchi marta bir taymda 3 marta darvozasidan gol olib chiqdi. O'shanda YCHLning 1/8 finalida Karim Benzema bir bo'limda PSJga xet-trik qayd etgandi.
PSJ navbatdagi uchrashuvini YCHLda "Bavariya"ga qarshi o'tkazadi.



