PSJ 2022 yil martidan buyon ilk marta bir bo'limda 3ta gol qo'yib yubordi

Mirjalol Normatov
12 fev 2023, 12:58
PSJ kecha Fransiya chempionati doirasida "Monako"ga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

Monegasklar tarkibida Aleksandr Golovin hamda Vissam Ben-Yedder ikki bora gol urishdi. Shu orqali parijliklar 2022 yil martidan buyon birinchi marta bir taymda 3 marta darvozasidan gol olib chiqdi. O'shanda YCHLning 1/8 finalida Karim Benzema bir bo'limda PSJga xet-trik qayd etgandi.

PSJ navbatdagi uchrashuvini YCHLda "Bavariya"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia