PRO-Liga, “A” guruhi. Eng ko'p muxlis Andijonda. Samarqandda esa aksincha

Narzulla Saydullayev
30 apr 2018, 12:30
Xabaringiz bor, o'tgan haftada PRO-Liganing 5-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatga ko'ra, tur yakunlari bo'yicha e'tiborga molik jihatlarga to'xtalib o'tamiz.

Dastlab muxlislar tashrifi bo'yicha statistikani e'tiboringizga havola etamiz.

PRO-Liganing, “A” guruhidagi 4ta o'yiniga jami 7 206 nafar tomoshabin tashrif buyurgan. Bu har bir uchrashuvga o'rtacha 1 801tadan muxlis demakdir.

Ushbu turda eng ko'p muxlis Andijondagi “Sog'lom avlod” stadionida kechgan “Andijon” – “Sho'rtan” (0:2) uchrashuviga tashrif buyurdi. 3521 nafar ishqiboz.

Aksincha bu borada eng past ko'rsatkich Samarqandda kuzatildi. “Dinamo” – “Xorazm” (1:1) uchrashuvini atiga 1109 nafar tomoshabin bevosita stadionda kuzatib bordi.

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?

“NORIN” – “SURXON” - 0:0
Haqulobod shahri. “Shodlik” stadioni. 1320 tomoshabin.

 “DINAMO” – “XORAZM” - 1:1 (0:0)
Samarqand shahri. “Dinamo” stadioni. 1109 tomoshabin.

“ANDIJON” – “SHO'RTAN” - 0:2 (0:0)
Andijon shahri. “Sog'lom avlod” o'yingohi. 3521 tomoshabin.

 “MASH'AL” – “ISTIQLOL” - 2:1 (1:0).
Muborak shahri. “B.Vafoev” nomli stadion. 1256 tomoshabin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia