"Portu" "Real"ning yana bir darvozabonini o'z safiga qo'shib olishi mumkin

Aslanov Jasurbek
17 may 2019, 11:21
"Real" darvozaboni Keylor Navas yozgi transfer oynasida "Portu"ga o'tishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, portugaliyaliklar yurak hurujidan so'ng faoliyatini yakunlashi kutilayotgan Iker Kasilyas o'rniga Navasni olib kelishmoqchi. "Qaymoqranglilar" posboni yaqinlarining so'zlariga ko'ra, transfer amalga oshishi ehtimoli 80%.

32 yoshli Navas 2014 yildan beri "Real" sharafini himoya qiladi. Joriy mavsum u LaLiganing 9ta uchrashuvida maydonga tushdi va 6ta gol o'tkazib yubordi.

Oldinroq, Kasilyas "Real"dan "Portu"ga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Mediaset