

Portugaliya top-klubi 46 yoshli mutaxassisga 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan shartnomani tayyorladi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi bitim joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.
"Portu" Portugaliya chempionatida 25 turdan so'ng 57 ochko jamg'argan holda, jadvalda 2-o'rinda bormoqda. "Ajdarlar" yetakchi "Sporting"dan 8 ochko ortda borishmoqda.
Konseysau jamoasi Chempionlar Ligasi 1/4 finalida Londonning "Chelsi" jamoasi bilan o'ynaydi.



