Portu Kasilyasni sotib yubormoqchi

Aziz Tukhtamuradov
24 okt 2017, 21:50
Portu yanvar oyida ispaniyalik darvozabon Iker Kasilyasni sotmoqchi.

Avvalroq, 36 yoshli posbon mobil telefon sababli jamoaning asosiy tarkibidan chetlatilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Keyin esa "ajdarlar" bosh murabbiyi Serjiu Konseysau bu gap-so'zlar mish-mishdan boshqa narsa emasligini aytib o'tgan.

Undan tashqari "Portu" harajatlarni qisqartirish maqsadida jamoaning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi (yiliga 5 million evro) hisoblangan Kasilyasdan voz kechmoqchi.

Ma'lumot uchun, darvozabon va "Portu" o'rtasidagi shartnoma 2018 yilning yozigacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football-espana.net