Polymarket JCH-2026da qolgan to'rtta terma jamoaning g'alaba qozonish imkoniyatlarini ma'lum qildi

13 iyul 2026, 13:50
Polymarket sayti jahon chempionati - 2026da kurashni davom ettirayotgan barcha terma jamoalarning turnirda g'olib chiqish imkoniyatlarini foizlarda baholadi.

Muayyan voqealarning ehtimolligini baholashga ixtisoslashgan ushbu platforma vakillarining fikriga ko'ra, JCH-2026 favoriti Fransiya terma jamoasi hisoblanadi.

Fransiyaliklarning yarim final bosqichi oldidan jahon chempionatida g'alaba qozonish ehtimoli 39 foizga baholanmoqda. Ikkinchi o'rinni 22 foizlik ko'rsatkich bilan Angliya jamoasi egallab turibdi. Ispaniyaning turnirda g'olib bo'lish imkoniyati 21 foiz deb ko'rilmoqda. Polymarket Argentina milliy jamoasining imkoniyatlarini hammadan kam - 18 foizga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Polymarket