

"Agarda menga shunday savol berishsa, men yo'q deb javob bergan bo'lardim.
O'tgan mavsumda jamoa safar o'yinlarida juda sust o'yin ko'rsatdi - "Sevilya"ga (0:3) qarshi o'yin yaqqol misol. U yerda ajoyib atmosfera hukm surayotgandi, biroq bosimga bosh berolmay, sochilib ketishgandi.
Bu esa "Kopengagen"ga qarshi o'yindan oldin meni havotirga solmoqda. Ushbu jamoaning xarakteri, jangchilari bormi yo'qmi, bilmayman. Lekin ularning bunday og'ir atmosferadan chiqib keta olishlariga ishonmayapman. Albatta, Daniyadagi g'alaba MYUga katta imkoniyat taqdim qilgan bo'lardi.
"Kopengagen"ga qarshi uy o'yinida MYUning omadi kelib qoldi, jamoa unchalik ham zo'r o'ynamadi. Shu sababli jamoaning pley-off bosqichiga chiqishi imkoniyatlarini past baholayman", - dedi Skoulz.



