Pochettino Messining o'rnini kim bosishi mumkinligini aytdi

Mirjalol Normatov
2 avg 2022, 00:16
PSJning sobiq ustozi Maurisio Pochettino hujumchi Leo Messi haqida gapirdi.

- Messining PSJga kelishi haqidagi yangilik juda yoqimli bo'lgan. Endi bemalol u bilan birga ishlaganman, yaqindan ko'rganman deya olaman. Maradonani ko'rganman, ha argentinalikman, endi Messini ham ko'rdim, bir yil u bilan ishladim.

Albatta, omadim keldi deya olaman. Ushbu sport turini yaxshi ko'radiganlarning barchasi eng yaxshilar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo'lishni istashadi.

- Siz Mbappe bilan ham ishladingiz. Uning iqtidorini qanday baholaysiz? Odamlar uni ayni damdagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblashmoqda va Messi hamda Ronaldudan keyingi eng yaxshisi bo'ladi deyishyapti.

- Men uchun Messi - dunyoning eng yaxshisi. Bunga shubxa yo'q. Menimcha, Mbappe Messining tojini oladi. Shuningdek, Neymar ham men uchun eng yaxshilardan biri.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal