Pochettino "Chelsi" futbolchilarining jarohatga moyilligidan xavotirda

Sherzod Nurmatov
15 apr 2024, 20:44
Klub buning sabablarini aniqlashi kerak.

"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoada jarohatlangan futbolchilarning ko'pligidan xavotirda.

"Biz futbolchilar nima uchun jarohat olganini aniqlashimiz, kelajakdagi jarohatlar xavfidan ogoh bo'lishimiz kerak. Bizda barcha ma'lumotlar bor. Biz bu axborotlar bo'yicha klub bilan maslahatlashib, eng yaxshi strategiyani ishlab chiqishga urinamiz", – dedi Pochettino.

Eslatib o'tamiz, hozirda "Chelsi"ning 10 nafar futbolchisi jarohat olgan, ulardan biri – Ben Chiluell individual dastur asosida ishlamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano