Pirlo o'zining "Yuventus"dagi ishiga baho berdi

12 apr 2021, 19:31
Turninning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Andrea Pirlo "keksa sinora"dagi faoliyatini 10 ballik tizimda baholadi.

"Futbol bolalikdan asosiy orzum edi. Rivojlanish uchun astoydil harakat qilishda davom etaman. Mavsumning ushbu nuqtasigacha qilgan ishlarimni 10 dan 6 ballga baholagan bo'lardim. Men yanada ko'proq ishlashim kerakligini va agar jamoa natijaga erisholmasa, har doim murabbiy javobgar bo'lishini bilman", dedi 41 yoshli italyan.

Ma'lumot uchun, "Yuventus" Italiya chempionatining ortda qolgan 30-turidan so'ng musobaqa jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: goal.com