

"Agar Mbappega maslahat berish imkonim bo'lganida, unga kamida yana ikki mavsum "Monako"da qolishni aytgan bo'lardim. U yosh va unga o'yin amaliyoti kerak. Mbappe jahonning eng yaxshi klublaridan bo'lgan "Real"ga o'tishi shart emas. Biroq u ayni damda bosim ostida qolmoqda. "Monako" Kilian uchun ideal klub" - deydi Pires.
18 yoshli Mbappe joriy mavsumda "Monako" safida 19 ta gol urdi.



