Pioli: "Zalcburg"ga qarshi o'yinda durang ham kifoya qiladi, deb o'ylamaslik kerak – bu noto'g'ri mentalitet"

Sherzod Nurmatov
26 okt 2022, 11:38
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli Zagrebning "Dinamo"siga qarshi o'yindan keyin fikrlarini bildirdi.

Italiya jamoasi Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 5-turida 4:0 hisobida zafar quchdi. Bu o'yindan keyin "Milan" 7 ochko bilan "E" guruhida 2-o'rinda bormoqda.

"Chempionlar Ligasidagi eng yaxshi o'yin? Turnirning boshlanishi biroz qiyin bo'ldi, lekin biz juda xavfli o'ynadik va ko'plab vaziyatlar yaratdik. Lekin biz yana bir qadam tashlashimiz kerak va buni muxlislarimiz oldida qilishga harakat qilamiz.

Xato qilmasligimiz kerakligini bilardik, hech kimni kamsitmaymiz. Haqiqatan ham guruhdan chiqish muhim qadam bo'ldi, biz o'tgan mavsumda buni uddalay olmagandik.

Hozir biz faqat "Torino" haqida o'ylayapmiz, chempionatda yaxshi damlarni boshdan kechirmoqdamiz, endi esa bizni o'tgan yili qiyin ahvolga solib qo'ygan qiyin raqib kutib turibdi. "Zalcburg"ga qarshi o'yinda durang ham kifoya qiladi, deb o'ylamaslik kerak. Bu – noto'g'ri mentalitet", – dedi Pioli.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com