

"Barselona" himoyachisi Jerar Pikega tegishli Kosmos Holding kompaniyasi Enjoy TV bilan hamkorlikda Ispaniyada Fransiya chempionatini translyatsiya qilish huquqini qo'lga kiritdi.
Xabarda aytilishicha, shartnoma uch yilga mo'ljallangan. Shu bilan birga, sublitsenziyaning telekanalga sotilishi kutilmoqda.
"Barselona" sobiq hujumchisi Lionel Messining PSJdagi dastlabki o'yini (29 avgust kuni sodir bo'lishi kutilmoqda) Twitch platformasida bepul namoyish etiladi.


