Petr Chex: "Zaxirada o'tirishni istamayman, lekin barchasini Mourinyo hal qiladi"

Aziz Tukhtamuradov
25 iyul 2014, 16:13
"Chelsi" posboni Petr Chex yangi mavsumda zahira o'rindig'ida o'tirish niyati yo'qligini aytib o'tdi.

"Zahira o'rindig'ida o'tirishni istamayman. Chunki, doimo jamoaga maksimum ravishda foyda olib kelishga harakat qilaman.

Kim asosiy tarkibda o'ynashini Joze Mourinyo hal qiladi. O'yinchilar maydonga tushishga loyiq ekanliklarini namoyish etsalar bo'lgani. Men boshqalardan farq qilmayman. Murabbiy aynan meni tanlashi uchun bor kuchimni ishga solaman", - deydi Chex.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru