Perishich - "Bavariya"ga o'tishi borasida: "Oldin "Inter" bilan kelishish kerak"

Mirjalol Normatov
5 avg 2018
"Inter" yarim himoyachisi Ivan Perishich "Bavariya"dan bo'layotgan qiziqishlar borasida gapirdi.

Futbolchining aytishiga ko'ra, bu borada avvaliga "Inter" bilan kelishish kerak.

"Kovach Xorvatiya termasini boshqarganda, men yaxshi o'yin ko'rsatgandim. U diqqatini menga qaratardi. "Bavariya"ga o'tishim? Klubdagilar meni qayerdan topish kerakligini yaxshi bilishadi. Biroq avvaliga "Inter" bilan kelishish kerak", - dedi Perishich.

Oldinroq Ivan "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkinligi borasida xabarlar berilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal