

Ma'lumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peresning so'zlaridan so'ng, Portugaliya terma jamoasi futbolchisining kayfiyati o'zgargan. Klub rahbari Ronaldu bu ishni maoshi oshishi uchun qilmaganini aytgan edi. Bundan tashqari, Peresning fikricha, futbolchida soliqni yashirish fikri bo'lmagan.
Bundan so'ng Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi do'stlariga, Peresning so'zlari unga yoqqanini aytgan. Futbolchi Peres bilan suhbatlashmaguncha, yakuniy qarorni qabul qilmaydi.
Ronaldu 2011-2014 yillarda 14,7 mln. evro miqdorida soliq to'lamaganlikda ayblanmoqda.


