Peres: “Biz Beylni sotib olish uchun hech kimdan kredit so'ramadik”
Tolibjon Qosimov
19 sen 2013, 17:34
“Real” prezidenti Florentino Peres, Garet Beylning sotib olinishi borasida “Barselona” himoyachisi Jerar Pikening yaqinda aytib o'tgan fikriga javob qaytardi.
“Pikening aytgan gaplari noto'g'ri. U yaxshi yigit, lekin uning gaplariga e'tibor bermaslik kerak. Biz Beylni sotib olish uchun na “Bankia”dan va na boshqalardan kredit so'radik”.