Pep Gvardiola: "Umid qilamanki, Messi "Manchester Siti"ga qarshi o'ynaydi"

Aslanov Jasurbek
27 sen 2021, 19:05
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola PSJ hujumchisi Lionel Messi jamoalarning Chempionlar ligasidagi o'yinida ishtirok etishiga umid bildirdi.

"U karerasi davomida qilgan ishlari hayratlanarli. Umid qilamanki, ertaga u o'ynay oladi - bu chiroyli futbol uchun juda muhim.

PSJ o'tgan mavsumda fantastik jamoaga ega edi va o'rtamizdagi uchrashuvlar tengma-teng kechgandi. Endi esa ular Messini qo'lga kiritgan.

Klub bizga jiddiy raqobatchi sanaladi. Lekin bu guruh bosqichi, hammasi o'zgacha bo'lishi mumkin. Nimalar sodir bo'lishini o'yinda ko'ramiz", - deydi murabbiy.

Eslatib o'tamiz, 34 yoshli argentinalik futbolchi tizzasidan olgan jarohati tufayli Parij klubining ikki o'yinini o'tkazib yubordi.

PSJ - "Manchester Siti" uchrashuvi 28 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC