Penzante: Konte PSJ yoki “Milan”ga ketadi

24 yanv 2018, 22:45
“Chelsi” bosh murabbiyi mavsum yakunlangach jamoani tark etishi mumkin.

Italiyali mashhur jurnalist Gilda Penzantening yozishicha, Konte mavsum yakuniga etgach “Chelsi”ni tark etadi.

“Biz mavsum yakunlangach, Kontening “Chelsi”ni tark etishini kutmoqdamiz. Uning kelajakdagi klubi sifatida PSJni ko'rsatish lozim. Bilamiz, hozirda ular murabbiy bilan aloqada bo'lib turibdi. Shuningdek, “Milan” varianti ham mavjud. Kontening o'zi ham Italiyaga qaytishga qarshi emas. Ammo Jekoning transferi uni jamoada qolishga ishontirishi mumkin”, - deydi Penzante.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Italy