Pellegrini: "Manchester Siti"ning o'yini inqirozda, nega bundayligini bilmayman

Aslanov Jasurbek
6 noya 2014, 12:13
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini SSKAdan uchralgan mag'lubiyat haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Hozir jamoamiz o'yini inqirozda va buning sababini topishimiz kerak. Muvaffaqiyatga erishadigan qobiliyatimizni qaytarish uchun xar kuni futbolchilar bilan suhbat uyushtiramiz. Nega bunday o'yin ko'rsatganimizni tushuntirish qiyin. Jamoa ilk daqiqalardan asabiylashdi va ko'p xatolarga yo'l qo'ydi. Biz SSKAga gol urish uchun imkon berdik.

Bir haftadan beri "Manchester Siti" o'z o'yinini topa olmayapti va men sababini bilmayman. Buni aniqlashtirish kerak" - deydi Pellegrini.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com