Pedri: "Levandovski bilan o'ynayotganimdan faxrlanaman"

Administrator
20 sen 2022, 23:59
Yosh iqtidor tajribali jamoadoshi haqida gapirdi.

"Barselona" yarim himoyachisi Pedri jamoadoshi Robert Levandovskini maqtadi. 

"Hamma Levandovski qanday o'yin ko'rsatayotganini ko'rib turibdi. U gollar urmoqda, maydonda ajoyib harakat qilmoqda. Levandovski jamoaga ko'p narsa beryapti. 

U shu tempda davom etishiga ishonaman. Levandovski bilan o'ynayotganimdan faxrlanaman", -deydi Pedri. 

Ma'lumot uchun, La Liga doirasida Robert Levandovski 6 o'yinda sakkizta gol kiritdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Mundo Deportivo