Pedri "Barselona" bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
25 yanv 2025, 21:42
"Barselona" va Pedri yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.

Bu haqda Fabricio Romano xabar bermoqda. O'yinchining kataloniyaliklar bilan yangi bitimi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Tomonlar moliyaviy jihatlarni kelishib olishlari kerak. Ispan shundan so'ng yangi shartnoma imzolaydi.

Pedri "Barselona" tarkibida 174ta o'yinda maydonga tushib, 24ta gol va 17ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano