"Paxtakor"ning Turkiyadagi o'quv-yig'in mashg'ulotlari davomidagi raqiblari ma'lum

Iskandarov Abdulaziz
26 dek 2024, 14:38
Hozircha "sherlar" 6 ta jamoa bilan o'yin bo'yicha shartnoma imzoladi.

Pedro Moreyraning rejasiga ko'ra jamoa 9 taga yaqin o'yin o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi kerak.

Aniq bo'lgan raqiblar bilan tanishtirib o'tamiz:

8 yanvar. "Unirya Valaxorum" (Ruminiya)

12 yanvar. "Dinamo" (Xorvatiya)

15 yanvar. "Karvina" (Chexiya)

18 yanvar. "Elimay" (Qozog'iston)

26 yanvar. "Aktobe" (Qozog'iston)

28 yanvar. "Sileks" (Shimoliy Makedoniya) 

Selekciya ishlariga keladigan bo'lsak, bugungacha 2 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzolandi. Murabbiy mahalliy kadrlardan kelib chiqib amplualar bo'yicha xorijlik hamkorlari bilan ishlashda davom etadi. "Sherlar" safiga yana sifatli legionerlar kelishi rejada.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia