"Paxtakor" yirik g'alabaga erishgan o'yinda Lobanov bir yo'la ikki marta penalti qaytardi

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2018, 20:28
Turkiyadagi yig'inda "Paxtakor" birinchi nazorat uchrashuvida yirik hisobda g'alaba qozondi.

Turkiya uchinchi liga ishtirokchisi "Turgutluspor"ga qarshi maydonga tushgan "sherlar" 3:0 hisobida zafar quchishdi. Birinchi bo'limda to'liq tashabbusga ega bo'lgan "sherlar" ko'plab qulay vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. 12-daqiqada Kozak raqib darvozasini ishg'ol qildi. Keyingi daqiqada Bezerraning faol harakatidan so'ng Masharipov ikkinchi to'p muallifiga aylandi. Bo'lim oxirigacha "Paxtakor" futbolchilari bir qator imkoniyatlardan foydalana olishmadi.

Ikkinchi bo'limda tarkibda o'zgarishlar yuzaga keldi. Lobanov ikki marta "Turgutluspor" a'zolarining penaltidan tepgan to'plari yo'liga g'ov bo'lib, mahoratini namoyish qildi. 84-daqiqada Sayfiev o'yinda hisobni yirik ko'rinishga keltirdi.

Navbatdagi nazorat bellashuvini "Paxtakor" 11 yanvar kuni Turkiya ikkinchi ligasi vakili "Shanliurfaspor" jamoasi bilan o'tkazadi.


"PAXTAKOR" - "TURGUTLUSPOR" - 3:0 (2:0)

"Paxtakor": 
Suyunov (Lobanov, 46), Kozak, Simich (Andreev, 63), A'zamov, Shorahmedov (Sayfiev, 63), Rahmatullaev (Ismatullaev, 63), Ahmedov (Ahmadov, 63), Masharipov (Ibrohimov, 63), Iskanderov (Sindarov, 63), Abdurahimov (G'anixonov, 63), Bezerra (Hakimov, 63).

Gollar: Kozak 12, Masharipov 13, Sayfiev 84.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz