"Paxtakor" markaziy stadionda tayyorgarlikni boshlab yubordi

Nadirkhuja Yuldashev
16 mar 2015, 15:38
Kecha "Paxtakor" OCHL 3-turidan o'rin olgan bahs doirasidagi tayyorgarlikni o'z stadionida o'tkazdi.

Mashg'ulotlarda jamoaning barcha futbolchilari ishtirok etishdi. Qo'shimchasiga jarohatini tiklab borayotgan Jamshid Boltaboev ham asosiy tarkib bilan ishladi. Undan tashqari 1996 yilning yana bir vakili Javohir Sidiqov ham to'liq asosiy tarkibda mashg'ulot o'tkazdi. Shoyqulov, Sidorov kabi futbolchilar istagan paytda asosiy tarkibdan joy olishlari mumkin. Kengaytirilgan mashg'ulotlarda bu futbolchilarni ham ko'rdik. 

"Paxtakor" muxlislariga yana bir yangilik, jamoa yetakchisi Kamoliddin Tojiev tez orada mashg'ulotlarga qo'shilishi mumkin. Futbolchi ma'lum qilishicha, gipsning bir qismi olib tashlangan. Qolgan yarmi ikki hafta ichida olinadi va himoyachi bir yarim oydan so'ng yana mashg'ulotlarga qaytadi. 

Avvalroq futbolchi olti oyga safdan chiqqanligi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia