"Paxtakor" "ayg'oqchilari" TTZda (FOTO)

8 sen 2017, 20:01
Oliy liganing 20-turi doirasidagi "Lokomotiv" - "Sho'rtan" uchrashuvini "Paxtakor" vakillari kuzatib borishmoqda.


"Paxtakor" ertaga Bekobodda "Metallurg"ga qarshi maydonga tushadi. Ammo jamoa murabbiylar shtabi allaqachon 22-turdagi raqiblari, turnir peshqadami "Lokomotiv"ni o'rganishni boshlab yuborishgan.

"Paxtakor" klubi operatori "Lokomotiv" - "Sho'rtan" uchrashuvini bevosita stadionda tasvirga olmoqda. Shuningdek, ikki nafar murabbiy Jasur Abduraimov hamda Piter Xyuistra o'yinni stadiondan kuzatib borishmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvi 21 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia