"Paxtakor": Akademiya jamoalari "Bunyodkor"dan ustun keldi

Narzulla Saydullayev
14 sen 2016, 14:22
Futbol maktablari o'rtasida Toshkent shahar chempionatida ikkinchi bosqich o'yinlari davom etmoqda.

Avvalgi turda BO'SM-16dan 4 yosh toifasida ustun kelgan tarbiyalanuvchilarimiz shanba kuni "Bunyodkor"dagi tengqurlarini qabul qilishdi. 2002 va 2004 yillardagi futbolchilar bahsi boshqa muddatga qoldirildi. 2003 yil jamoasi 1:0, 2001 yil tarbiyalanuvchilari 3:0 va katta guruh sanalgan 1999-2000 yillarda tug'ilgan futbolchilar bellashuvi 3:1 hisobida akademiyamiz foydasiga hal bo'ldi.

18 sentyabr kuni tarbiyalanuvchilarimiz 1-sport maktab internati jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz