Pau Kubarsi 12 yil ichida Barselona himoyachilari orasida eng yosh gol muallifiga aylandi

Alisher
26 fev 2025, 13:30
Ispaniyaning Barselona klubi himoyachisi Pau Kubarsi Ispaniya kubogi-2024/2025 yilgi mavsum yarim finalida Atletikoga (4:4) qarshi o'yinda gol urib, ko'k-anorranglilar safida 2013/2014 yilgi mavsumdan beri eng yosh gol muallifiga aylandi.

Manbaga ko'ra, Kubarsi blaugrana safida debyut golini urgan vaqtda 18 yoshu 34 kunlik bo'lgan. Futbolchi kataloniyaliklar safida 63 ta o'yin o'tkazdi.

Kubarsi joriy mavsum Ispaniya La Ligasida 25 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar Ligasida sakkizta, Ispaniya Superkubogida ikkita va Ispaniya Kubogida to'rtta o'yin bor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Opta Sport