

Manbaga ko'ra, Kubarsi blaugrana safida debyut golini urgan vaqtda 18 yoshu 34 kunlik bo'lgan. Futbolchi kataloniyaliklar safida 63 ta o'yin o'tkazdi.
Kubarsi joriy mavsum Ispaniya La Ligasida 25 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar Ligasida sakkizta, Ispaniya Superkubogida ikkita va Ispaniya Kubogida to'rtta o'yin bor.



