Paragvay terma jamoasi futbolchisining amakisi Braziliya bilan o'yindan so'ng vafot etdi
Aslanov Jasurbek
28 iyun 2015, 18:14
Paragvay terma jamoasi hujumchisi Derlis Gonsales amakisi Braziliyaga qarshi o'yindan so'ng yurak xurujidan vafot etdi.
Aynan shu 21 yoshli yigit 72 daqiqada penaltidan hisobni tenglashtiradi.
Futbolchi ushbu tragediya haqida shunday deydi: "Nega bugun amakim? Nega? Men sizlarga shuncha quvonch ulashgan paytimda bizni tark etdingiz. Bunga ishona olmayman".