Pakerman: "Xamesga "Real"da qo'llab-quvvatlash yetishmadi"

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2017, 12:43
Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Pakermanning fikricha, jamoa yarim himoyachisi Xames Rodrigesga "Real"da qo'llab-quvvatlash yetishmagan.

"Mavsum Xames uchun og'ir yakunlandi. Unda og'ir damlar bo'ldi, biroq Rodriges qiyinchiliklarni mardlar kabi engib o'tdi. U ko'plab bahslarda munosib o'yin ko'rsatdi. "Real" - yuqori darajadagi klub. Qaysidir vaziyatda Xamesga "Real"da qo'llab-quvvatlash yetishmadi" - deydi Pakerman.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca