

Xususan, o'tgan yili qita bo'yicha ilk bora ayollar jamoalari ham sinov tariqasida licenziyalashdan o'tkazildi. O'zbekiston Professional futbol ligasi kam sonli a'zo mamlakatlar qatorida ayollar klublarini ham licenziyalash jarayoniga jalb etdi.
Yakunda “So'g'diyona-W” hamda “Bunyodkor-W” Osiyo bo'yicha eng birinchi ayollar jamoalaridan bo'lib OFK licenziyasiga ega chiqishdi. 2022 yildan e'tiboran mazkur jarayon barcha qolgan a'zo davlatlarda ham majburiy tartibda tatbiq etiladi. 2023 yilda ayollar jamoalari o'rtasida ilk namunaviy 8 ta klub ishtirokida Osiyo Chempionlar ligasi tashkil qilinsa, 2024 yildan e'tiboran ayollar jamoalari uchun to'laqonli OCHLga start beriladi va unda faqat licenziya olgan klublargina ishtirok etadi.



