Ozilning agenti germaniyalik futbolchining kelajagiga aniqlik kiritdi

Eldor Akmurzayev
12 may 2019, 00:10
Arsanal yarimhimoyachisi Mesut Ozilning shaxsiy agenti Erkut Sogut 30 yoshli futbolchining kelajagi haqida gapirdi.

“Mish-mishlar har doim bo'lgan. Biroq, men Mesutning klubga bo'lgan sadoqat haqida gapirmoqchiman. U bor e'tiborini faqat Arsenalga qaratmoqda. Unda Arsenalning qizil qoni oqmoqda. U klub bilan tuzgan shartnomasini xurmat qiladi. Ozil klubda eng kamida 2021-yilgacha qoladi. Kelayotgan yozda tarqaladigan xabarlardan jamoa muxlislari xavotir olmasa ham bo'ladi. Mesut o'zi uchun kerakli bo'lgan joyni topdi. Jamoa unga ishonmoqda”, – deydi Sogut.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Turkish Football