O'zil: "Arsenal"ning premer-ligada g'olib chiqishi haqida gapirishga hali juda erta

10 okt 2013, 09:40
Transfer mavsumining yakunida Londonning "Arsenal" klubiga kelib qo'shilgan Mesut O'zil "kanonirlar" ayni paytda turnir jadvalida egallab turgan o'rinlariga katta ahamiyat berib yubormaslik kerakligi, chempionlik haqida gapirishga hali ertaligini ta'kidlab o'tdi.
Hozirgi vaqtda "Arsenal" Angliya chempionati tukrnir jadvalini 7 o'yindan keyin to'plagan 16 ochkosi bilan boshqarib bormoqda.

"Ligada g'alaba qozonish haqida gapirishga hali erta. Hozirgi ko'rsatkich, shunchaki ma'lum vaqt orasidagi vaziyatni ifodalaydi holos. Biz har bir o'yinda bor kuchimiz bilan harakat qilib, maksimal natijani qo'lga kiritishga intilamiz. Agar buni uddalay olsak, yaxshi natidalarga jrisha olamiz", dedi O'zil.

"Men uchun Angliya chempionati eng kuchli hisoblanadi. Har bir o'yin yangi bir sinov va har biri juda qizg'in kechadi. Bunday o'yin ritmi men uchun faqatgina foydali bo'lishiga ishonaman" dedi O'zil.

Manba: championat.com