

Amirbek Shodmonovning Instagramdagi sahifasida 1 million 200 mingta a'zo bor. Yosh bo'lishiga qaramay, Amirbek blogi orqasidan daromad olishni boshlagan. 2020 yil so'ngida Amirbekning YouTube’dagi kanalida e'lon qilingan “Xalqim tarixi” nomli video deyarli 85.000 marta ko'rilgan.
Shaxsiy blogida Amirbek o'zining hayoti, shuningdek, qanday rivojlanayotgani va oldiga qo'ygan maqsadlari sari borayotgani haqida hikoya qiladi. Yosh Shodmonov YouTube’da mashhur bloggerlar va vaynerlar bilan intervyular suratga oladi hamda muvaffaqiyatga erishishdagi muhim mashg'ulotlardan biri sifatida sportni targ'ib qiladi.
ElClasico bu Madridning Real va Kataloniyaning Barselona jamoalari o'rtasidagi futbol o'yinlari bo'lib, uning tarixi uzoq 1902 yillardagi Ispaniya LaLiga Futbol ligasiga borib taqaladi. Mazkur futbol o'yinlari Ispaniyaning ikkita kuchli shahri Madrid va Barselonaning tarixiy ahamiyatga ega qarama-qarshiligi sabab muxlislar e'tiborini qozongan. Barselona va Madridning Reali o'yinchilari eng ko'p haq to'lanadigan futbolchilar sirasiga kiradi. Bugunga qadar ElClasico o'yinlari sport olamidagi eng ommabop va yuqori reytingga ega voqea sifatida tan olinadi. Millionlab ishqibozlar turli tillarda dunyoning turli davlatlari, jumladan O'zbekistonda ham navbatdagi ElClasico sport bayramini kutishadi.




