O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 11 maydan Toshkentda yig'in boshlaydi

Narzulla Saydullayev
7 may 2015, 12:32
Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 11 may kuni Toshkentda navbatdagi yig'inni boshlaydi.
Kecha jamoamiz Qirg'iziston olimpiya terma jamoasiga qarshi o'yin bilan 3 kunlik yig'inni yakunladi.

Navbatdagi yig'in 19 mayga qadar davom etadi. Uning doirasida yoshlarimiz 15 may "Oq-tepa" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishadi.

Eslatib o'tamiz, yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati 30 maydan 20 iyunga qadar Yangi Zelandiyada bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia