O'zbekiston yoshlar terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida mag'lubiyatga uchradi

Aslanov Jasurbek
1 iyul 2020, 16:26
Temur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Toshkentda yig'inni davom ettirmoqda.

Ayni kunlarda Temur Kapadze boshchiligidagi terma jamoamiz yurtimizda o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga qizg'in hozirlik ko'rmoqda. Toshkentda tashkil etilgan o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida yoshlarimiz "Paxtakor-2" jamoasiga  qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Ushbu bahsda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Termamizning gollariga esa Ulug'bek Hoshimov va Ruslan Rozievlar mualliflik qilishdi. Quyida o'yindan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.






O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Ufa.uz