

Bugun terma jamoamiz BAAning "Al Hamriya" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib 3:0 hisobida g'alabaga erishdi. Jamoamizdan Azizjon G'aniev, Jasurbek Yaxshiboev va Doston Ibragimov gol urishdi.
Shu tariqa O'zbekiston Dubaydagi barcha to'rtta o'rtoqlik uchrashuvida g'alabaga erishdi. Bunga qadar vakillarimiz "Al Arabi" klubini (4:0), Iroq U-23 terma jamoasini ikki marta (4:2 va 3:1) mag'lub etishgandi.
Endi Drulovich shogirdlari 1 yanvar kuni Tailandga uchib ketishadi.
O'rtoqlik uchrashuvi
“Al Hamriya” (BAA) - O'zbekiston U-23 0:3
Gollar: Azizjon G'aniev (23), Jasurbek Yaxshiboev (81), Doston Ibragimov (90).
O'zbekiston U-23: Abduvohid Ne'matov, Islom Qobilov, Hojiakbar Alijonov, Abdulla Abdullaev, Aziz G'aniev, Nurillo To'xtasinov, Mirjahon Mirahmadov, Islom Kenjaboev, Ilhom Alijonov, Husniddin Aliqulov, Sanjar Qodirqulov.
Zaxira: Nizom Ziyovutdinov, Mashxur Muhammadjonov, Dilshod Saitov, Sherzod Nasrullaev, Oybek Rustamov, Sharof Muhiddinov, Jasurbek Yaxshiboev, Abror Ismoilov, Aziz Amonov, Oybek Bozorov, Doston Ibragimov, Bobur Abdixoliqov.




