O'zbekiston U-17 terma jamoasi Ispaniya va Urugvay bilan o'ynaydi

Iskandarov Abdulaziz
23 avg 2026, 11:06
O'smirlarimiz Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston terma jamoasi Toshkentdagi yig'inni yakunlab, Ispaniyaning Albir shahriga jo'nab ketdi. Sergeey Chigodaev shogirdlari 25 avgust kuni Urugvay, 27 avgustda esa Ispaniya vakillariga qarshi maydonga tushishadi.

Ma'lumot uchun, U-17 Jahon chempionati 19 noyabr - 13 dekabr sanalarida Qatarda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати