O'zbekiston U-16 terma jamoasi xalqaro musobaqa oldidan yig'inga kirishdi

Khoja
17 apr 2024, 08:57
Islom Ismoilov boshqaruvidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi Toshkent shahrida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishdi.

20 apreldan boshlab yig'inning ikkinchi qismi Minsk shahrida davom etadi.

Vakillarimiz 23-28 aprel kunlari UEFA Assist dasturi doirasida bo'lib o'tadigan Rivojlanish kubogi xalqaro turniri doirasida Belarus, Ozarbayjon va Nikaragua jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

Bosh murabbiy tomonidan yig'inga jalb etilgan futbolchilarning ro'yxati bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Uzbekistan FA