

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Olimxo'jaev BAAga qarshi ikkinchi o'yinda ularga qarshi birinchi o'yin bilan taqqoslaganda tarkibda bir qator o'zgarishlarni amalga oshirdi. O'yinning birinchi bo'limi 38-daqiqasida BAA o'smirlari uchrashuvda hisobni ochishdi. Ikkinchi bo'limning 62-daqiqasida esa zahiradan maydonga tushgan Abdumannopov uchrashuvda hisobni tenglashtirdi. O'yinning qolgan daqiqalarida darvozalarga boshqa gol kiritilmadi va o'yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Shu tariqa jamoalar o'rtasidagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida durang qayd etildi. Eslatib o'tamiz, terma jamoalar o'rtasidagi ilk o'yinda O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.
O'rtoqlik uchrashuvi.
8 may. Dubay, BAA
BAA U-16 – O'zbekiston U-16 – 1:1
Gol: Abdumannopov (62).
O'zbekiston U-16: Ne'matov, Sayfuddinov, Karimov, Kamolov, Hayrullaev, Turg'unboev, Abdurahmonov, Soatov, O'runov, Yo'ldoshev, Parpiev.
Zaxira: Jo'raev, Azizxo'jaev, Abdumannopov, Abdullaev, Holdorov, Ismoilov, Abdusattorov, Namozov, Qo'yliboev, Azimov.


